«Barselona» erkin agentlarni tarkibiga qo‘shishdan manfaatdor bo‘lgani sababli Madridning «Real» klubi sobiq himoyachisi David Alabaning vaziyatini kuzatib bormoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur Sportowy portali uchun xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xans-Diter Flik 34 yoshli futbolchi bilan «Bavariya»da birga ishlagani uchun uni yaxshi taniydi. «Barselona» avstriyalik futbolchining universalligini yuqori baholaydi: u markaziy himoyada ham, qanotda ham o‘ynay oladi.
Biroq hozircha Alabaning Italiya klublaridan biriga o‘tishi ehtimoli yuqoriroq. Unga «Roma» va «Lasio» klublari qiziqish bildirmoqda.
Alaba 2021 yildan 2026 yilgacha «Real»da o‘ynadi. Bu davrda himoyachi barcha musobaqalarda 132 ta uchrashuvda ishtirok etib, 5 ta gol va 9 ta golli uzatma qayd etdi. O‘tgan yozda futbolchi erkin agentga aylandi.













