Kirish Ro'yxatdan o'tish

Flik «Barselona» himoyasini maqtamoqchi bo‘ldi-yu, fikridan qaytdi

Flik «Barselona» himoyasini maqtamoqchi bo‘ldi-yu, fikridan qaytdi

Baho:
+ | -

«Barselona» La Liganing 4-turida «Valensiya»ni 5:0 hisobida yirik tarzda mag‘lub etdi.

Yakshanba kuni o‘tgan uchrashuvda kataloniyaliklarga g‘alaba keltirgan gollarni Lamin Yamal ikki bor, shuningdek Fermin Lopes, Rafinya Dias va Pedri kiritdi.

O‘yindan keyingi matbuot anjumanida «Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoasining kuchli tomonlari haqida gapirar ekan, gap orasida adashib ketdi va bu orqali himoya chizig‘idan unchalik ham mamnun emasdek taassurot qoldirdi.

«Jamoamiz hujumda va himo... Hujumda va yarim himoyada juda yuqori sifatga ega», — deya o‘zini tuzatdi Flik.

Mutaxassisning so‘zlarini BarcaTimes keltirdi.

«Barselona» La Liganing dastlabki 4 turida mumkin bo‘lgan 12 ochkoning barchasini qo‘lga kiritdi. Kataloniyaliklar bu uchrashuvlarda 17 ta gol urib, o‘z darvozasidan atigi 2 ta to‘p o‘tkazib yuborgan.

Kiritildi: 05:34, 07.09.2026.
O'qildi: 1109 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик