Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/09 00:00 Espanyol 1-1 Sevilya
07/09 21:30 Kalyari 1-0 Lechche
07/09 22:00 Xetafe 1-1 Selta
07/09 23:45 Udineze 1-2 Lasio
08/09 00:30 Elche 2-3 Real Sosyedad
09/09 18:30 OKMK - Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi - Surxon
09/09 20:00 Nasaf - Bunyodkor

Jons "Liverpul"dan ketish qarorini Kivu bilan bog‘ladi

Jons "Liverpul"dan ketish qarorini Kivu bilan bog‘ladi

Baho:
+ | -

"Inter" yarim himoyachisi Kertis Jons bosh murabbiy Kristian Kivuni "Liverpul"ni tark etib, Milan klubiga o‘tishidagi muhim sabablardan biri deb atadi. "Qizillar" akademiyasi tarbiyalanuvchisi 2026 yil yozida "Enfild"ni tark etgan edi.

"Bu yerga kelishimning sababi bor. Biz o‘tkazgan telefon suhbatlari, jamoaning qanday futbol o‘ynashi, uning taktik g‘oyalari va har kuni qanday ishlashi men uchun juda muhim bo‘ldi.

U aytadigan mayda detallar bor. Bir qarashda ular ahamiyatsizdek tuyulishi mumkin, ammo yakunda juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, uning tajribasi ulkan va o‘zi ham eng yuqori darajada futbol o‘ynagan. U jamoani ajoyib boshqaradi. U jamoaga juda yaqin inson va men uchun bu juda muhim.

Jamoadoshlarim bilan o‘zimni uydagidek his qilyapman. Ular birinchi kundanoq meni juda yaxshi qabul qildi, shuning uchun o‘zim bo‘lib qolishim mumkin. Albatta, hali nimalarnidir isbotlashim kerak. Lekin o‘zimdek harakat qilsam, jamoadoshlarim, klub xodimlari va muxlislarga yoqishimni bilaman.

Ayrimlar A Seriyani zerikarli, Premyer-ligani esa qiziqarli deydi. Ammo bugun bunday emasligini ko‘rdingiz. Bu yerda kuchli murabbiylar va juda ko‘p taktika bor. Italiya jamoalari hech qachon taslim bo‘lmaydi", — deya 25 yoshli angliyalik futbolchining so‘zlarini The Mirror keltirdi.

Jons "Inter" bilan 2031 yil 30 iyunga qadar shartnoma imzolagan. OAV ma’lumotiga ko‘ra, transfer narxi 30 million yevro va yana 5 million yevro bonuslarni tashkil etgan.

Kiritildi: 11:23, 07.09.2026.
O'qildi: 623 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик