Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/09 00:00 Espanyol 1-1 Sevilya
07/09 21:30 Kalyari 1-0 Lechche
07/09 22:00 Xetafe 1-1 Selta
07/09 23:45 Udineze 1-2 Lasio
08/09 00:30 Elche 2-3 Real Sosyedad
08/09 21:45 Bryugge - Aston Villa
08/09 21:45 AEK - LASK
09/09 18:30 OKMK - Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi - Surxon
09/09 20:00 Nasaf - Bunyodkor

"Real" Vinisius bilan bo‘lgan vaziyatni Bellingemda takrorlashni istamayapti

"Real" Vinisius bilan bo‘lgan vaziyatni Bellingemda takrorlashni istamayapti

Baho:
+ | -

"Real" yarim himoyachi Jud Bellingem bilan yangi shartnoma tuzish masalasini jiddiy ko‘rib chiqmoqda. Angliyalik futbolchining amaldagi kelishuvi 2029 yilga qadar mo‘ljallangan.

Ramon Alvares de Mon ma’lumotiga ko‘ra, Madrid klubi Bellingemning shartnoma masalasini oldindan hal qilish va uning jamoadagi muhim o‘rnini munosib baholashni istamoqda.

Bellingem 2023 yilda "Borussiya Dortmund"dan "Real"ga dastlabki 103 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan va qisqa vaqt ichida jamoaning eng muhim futbolchilaridan biriga aylangan.

23 yoshli yarim himoyachi joriy mavsumda "Real"ning barcha 4 ta uchrashuvini asosiy tarkibda boshladi. U 2 ta gol va 2 ta golli uzatma qayd etdi hamda har o‘yinda o‘rtacha 84 daqiqa maydonda harakat qildi.

Joze Mourinyu qo‘l ostida Bellingemning jamoadagi ahamiyati yanada ortishi mumkin. Portugaliyalik mutaxassis unga hujumda ko‘proq erkinlik berib, himoyadagi vazifalarini kamaytirgan.

Xabarlarga ko‘ra, "Real" Vinisius Junior bilan bog‘liq shartnoma muzokaralari kabi uzoq davom etadigan jarayondan qochishni istamoqda. Shu sabab klub Bellingemning kelajagini amaldagi kelishuvi so‘nggi yiliga kirishidan ancha oldin hal qilishni rejalashtirgan.

Kiritildi: 18:57, 07.09.2026.
O'qildi: 1467 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик