Britaniyalik jurnalist Pirs Morgan "Arsenal" Vinisius Juniorni transfer qilishga juda yaqin kelgani haqida ma’lum qildi.
"Menga "Arsenal" yanvarda yangi hujumchi uchun transfer bozoriga qaytishga tayyorlanayotgani aytildi. Ular qishki transfer oynasida yana bozorga chiqadi va kimnidir sotib oladi.
Shuningdek, menga "Arsenal" Vinisius Juniorni allaqachon qo‘lga kiritgan, deb o‘ylagani aytildi. U biz uchun ajoyib transfer bo‘lardi. Aniq biladiganim shuki, "Arsenal"dagilar Vinisius ularniki bo‘ladi, deb ishongan. Bu ishonch u "Real" bilan yangi shartnoma imzolagan kungacha davom etgan", — dedi Morgan Sports Uncensored ko‘rsatuvida.
Shu tariqa, londonliklar yanvar oyida hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun yana transfer bozoriga qaytishi kutilmoqda.













