«Manchester Siti»ning o‘ng qanot himoyachisi Mateus Nunes Enso Fernandesning jamoaga qo‘shilgani futbolchilarni xursand qilganini aytdi.
Manchesterliklar yozgi transfer oynasining so‘nggi kuni argentinalik yarim himoyachini «Chelsi»dan 145 million yevroga sotib oldi.
«Transfer amalga oshadimi yoki yo‘qmi, bilmasdik. Eng yaxshi futbolchilar jamoamizda o‘ynashini istaymiz. Enso ham ulardan biri, shuning uchun uning kelishi haqidagi xabar bizni xursand qildi. Bu avval jamoamizda yuqori saviyali futbolchilar bo‘lmaganini anglatmaydi. Ammo Enso jamoani kuchaytirishi shubhasiz», — deya Nuneshning so‘zlarini keltiradi «Siti Ekstra».
Enso Fernandes «Manchester Siti» bilan 2032 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolagan. U yangi jamoasidagi ilk uchrashuvini yaqinda Angliya Premyer-ligasida «Koventri»ga qarshi o‘tkazdi.













