Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 2-2 Xorazm

Vinisius «Inter»ga qarshi o‘yinda darvozaga aniq zarba bera olmadi

Vinisius «Inter»ga qarshi o‘yinda darvozaga aniq zarba bera olmadi

Baho:
+ | -

Vinisius Junior «Inter»ga qarshi uchrashuvda darvozaga birorta ham aniq zarba bera olmadi.

Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 1-turida «Real» 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Vinisius madridliklar safida asosiy tarkibda maydonga tushdi va 87-daqiqada almashtirildi.

Braziliyalik futbolchi uchrashuv davomida ikki marta darvoza tomon zarba berdi, ammo ularning birortasi nishonga bormadi. Zarbalariga bir marta raqib futbolchisi to‘siq qo‘ydi.

Shuningdek, Vinisius 4 marta dribling ishlatishga urindi va ularning 2 tasi muvaffaqiyatli chiqdi. U 30 ta uzatmadan 24 tasini aniq yetkazib, 80 foizlik ko‘rsatkich qayd etdi.

Qolaversa, vinger 9 marta to‘pni qayta egallab oldi va ikki marta to‘pni olib qo‘yishga harakat qildi. Har ikki urinish ham muvaffaqiyatli yakunlandi.

Kiritildi: 02:23, 09.09.2026.
O'qildi: 668 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик