Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 1-2 Xorazm

Yamal mavsumdagi ilk golli uzatmasini amalga oshirdi

Yamal mavsumdagi ilk golli uzatmasini amalga oshirdi

Baho:
+ | -

«Barselona» vingeri Lamin Yamal joriy mavsumdagi ilk golli uzatmasini amalga oshirdi.

19 yoshli futbolchi Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 1-turida «Feyenoord»ga qarshi uchrashuvning 3-daqiqasida hisobni ochgan Rafinyaga assist qildi.

Shu tariqa, Yamal ketma-ket uchinchi o‘yinda «gol+pas» tizimi bo‘yicha sermahsul harakat qayd etdi.

Avvalroq u La Ligada «Rayo Valyekano»ga qarshi 5:2 va «Valensiya»ga qarshi 5:0 hisobida yakunlangan uchrashuvlarda dubl qayd etgan edi.

«Feyenoord»ga qarshi bahs Yamalning joriy mavsumdagi beshinchi uchrashuvi hisoblanadi.

Kiritildi: 22:47, 09.09.2026.
O'qildi: 764 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик