Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 1-2 Xorazm

Arauxo "Liverpul"da qolishga tayyor

Arauxo "Liverpul"da qolishga tayyor

Baho:
+ | -

"Barselona"dan "Liverpul"ga ijara asosida o‘tgan urugvaylik himoyachi Ronald Arauxo Angliya klubidagi vaziyatidan mamnun.

Insayder Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, futbolchining yangi jamoaga moslashuv jarayoni juda yaxshi kechmoqda. Arauxo "Liverpul"ga doimiy asosda o‘tishga ham qarshi emas.

Joriy mavsumda u Angliya Premyer-ligasida uchta o‘yinda maydonga tushdi va bitta sariq kartochka oldi.

27 yoshli himoyachining "qizillar" bilan ijara shartnomasi kelasi yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi.

Urugvaylik futbolchining transfer qiymati 20 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 11:11, 11.09.2026.
O'qildi: 636 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик