Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal
13/09 17:00 Selta 1-1 Malaga
13/09 18:00 Koventri Siti 0-5 Brayton
13/09 18:00 Lechche 3-2 Monsa
13/09 19:15 Levante 2-4 Barselona
13/09 20:30 Man. Yunayted 0-1 Manchester Siti
13/09 21:00 Napoli 1-0 Bolonya
13/09 21:30 Xetafe 1-1 Deportivo

Anri: «Ularga qarshi o‘ynashning iloji yo‘q»

Anri: «Ularga qarshi o‘ynashning iloji yo‘q»

Baho:
+ | -

Sobiq futbolchi Tyerri Anri «PSJ»ning o‘yinidan hayratda qoldi. Liga 1 grandi Chempionlar ligasi umumiy bosqichining birinchi turida «Slovan Bratislava»ni 6:1 hisobida mag‘lub etib, unvonini ikkinchi bor himoya qilish yo‘lidagi ishtirokini boshladi.

«PSJ» qanday pressing qilayotganini ko‘rdingizmi? Ularga qarshi o‘ynashning iloji yo‘q. Ammo Luis Enrike jamoani shunday darajaga olib chiqishi uchun besh-olti oy kerak bo‘ldi. Odamlar futbolchilar murabbiy talablarini bajarishga tayyor bo‘lishi kerakligini unutib qo‘yadi. Bu juda muhim jihat. Agar futbolchilar siz talab qilayotgan narsani bajarishga tayyor bo‘lsa va ularda sifat bo‘lsa, uzoqqa borishingiz mumkin. Agar ular biroz bo‘lsa ham qarshilik qilsa, hammasi qiyinlashadi.

Hozir «PSJ» kuchli ekanini aytish oson. Ammo ikki yil oldin yulduzlar ketganida, hamma “Endi ular bilan nima bo‘ladi?” deb o‘ylagan. Keyin ular Barkola va Dueni transfer qilishdi. Hech kim bu yigitlar bilan jamoa bunday o‘ynaydi deb o‘ylamagan. Enrike jamoa o‘yinida nimani ko‘rishni istashini aniq biladi. Dembelening so‘zlarini eslaysizmi? U «PSJ»da yugurmasangiz, tarkibda bo‘lmaysiz, degandi. Hammasi oddiy», — dedi Anri The Athletic nashriga.

«PSJ» Chempionlar ligasining so‘nggi ikki finalida «Inter» va «Arsenal»ni mag‘lub etgan.

Kiritildi: 15:01, 11.09.2026.
O'qildi: 2055 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик