Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Yakirovich avgust oyida APLning eng yaxshi murabbiyi deb topildi

Yakirovich avgust oyida APLning eng yaxshi murabbiyi deb topildi

Baho:
+ | -

«Xall Siti» bosh murabbiyi Sergey Yakirovich avgust oyi yakunlariga ko‘ra APLning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

49 yoshli bosniyalik mutaxassis qo‘l ostida APL debyutanti mavsum boshidagi har ikki uchrashuvda ham g‘alaba qozondi. Birinchi turda «Xall» «Manchester Yunayted»ni 2:0 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, keyingi bahsda kechki gol evaziga «Koventri»ni 1:0 hisobida yengdi.

Yakirovich 2016 yil avgustidan buyon ushbu sovrinni qo‘lga kiritgan birinchi «Xall» murabbiyiga aylandi. O‘shanda mukofot Mayk Felanga nasib etgan edi. Umuman, Yakirovich klub tarixida oyning eng yaxshi murabbiyi sovrinini olgan uchinchi mutaxassis bo‘ldi. Bungacha Fil Braun va Felan ushbu yutuqqa erishgan.

Shuningdek, Yakirovich APLda oyning eng yaxshi murabbiyi deb topilgan Bosniya va Gersegovinaning birinchi vakili bo‘ldi. Ovoz berishda u Mikel Arteta, Xabi Alonso va Enso Mareskani ortda qoldirdi. Ularning jamoalari ham avgust oyida maksimal ochko to‘plagan edi.

Kiritildi: 16:29, 11.09.2026.
O'qildi: 1190 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик