20 yoshli markaziy yarim himoyachi Lukas Bergvall «Tottenxem» bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Kelishuv tafsilotlari oshkor qilinmadi.
«Menimcha, biz bu yerda o‘ziga xos narsa yaratayapmiz. Hozir klub uchun juda qiziqarli davr, shuning uchun shartnomamni uzaytirganimdan xursandman.
Maqsadim — jamoaga imkon qadar ko‘proq foyda keltirish, sifatli o‘yin ko‘rsatish, gollar urish va golli uzatmalar amalga oshirish», — deya Bergvallning so‘zlarini «Tottenxem» matbuot xizmati keltirdi.
«Tottenxem» Bergvallni 2024 yilda 20 million yevro evaziga sotib olgan.
Joriy mavsumda u barcha musobaqalar hisobida ikkita o‘yinda maydonga tushdi, ammo hozircha gol yoki golli uzatma bilan ajralib turmadi.













