«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Karrik «Manchester Siti»ga qarshi bo‘lajak derbidan nimalar kutayotgani haqida gapirdi.
«Biz hech narsani odatiy hol deb qabul qilmaymiz. Ha, o‘tgan yili g‘alaba qozonganmiz, ammo bu endi hamma narsani xuddi o‘shanday qilish kerak degani emas.
Jamoa doimiy ravishda o‘sib borayotganini his qilyapman va bu bizga ishonch beradi. Bu qanchalik katta va muhim o‘yin ekanini, unda qancha narsa hal bo‘lishini yaxshi tushunamiz.
Tiklanish va tayyorgarlik uchun vaqtimiz kam, ammo uni imkon qadar samarali ishlatishga harakat qilamiz. «Siti» juda kuchli jamoa va yaxshi natijalar ko‘rsatmoqda. Ularda rotasiya uchun yetarlicha futbolchi bor.
Biz kerakli natijaga erishish uchun juda sifatli o‘yin ko‘rsatishimiz kerakligini tushunib turibmiz», — dedi Karrik matbuot anjumanida.
«Manchester Yunayted» — «Manchester Siti» uchrashuvi 13 sentyabr kuni «Old Trafford» stadionida bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da boshlanadi.













