Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 1-2 Xorazm

Yozda 300 million yevro sarflagan "Aston Villa" mavsumni omadsiz boshladi

Yozda 300 million yevro sarflagan "Aston Villa" mavsumni omadsiz boshladi

Baho:
+ | -

"Aston Villa" yozgi transferlar uchun 300 million yevrodan ortiq mablag‘ sarflaganiga qaramay, yangi mavsumni omadsiz boshladi.

Unai Emeri shogirdlari Angliya Premyer-ligasining 4-turida o‘z maydonida "Nottingem Forest"ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Bunga qadar Birmingem klubi "Brayton"ga 0:4, "Arsenal"ga 0:1 hisobida yutqazgan, "Xall" bilan esa 0:0 hisobida durang o‘ynagan edi.

Shu tariqa, "Aston Villa" 4 turdan keyin atigi 1 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 19-o‘rinda bormoqda va xavfli zonada joylashgan. "Fulxem"da ham 1 ochko bor, ammo to‘plar nisbati yaxshiroq. "Koventri" esa 3 o‘yindan keyin ochkosiz qolmoqda va zaxirada bitta uchrashuvga ega.

"Aston Villa" yozgi transferlar oynasida 300,2 million yevro sarfladi. Klub 25 million yevro va undan yuqori narxga 7 nafar futbolchini xarid qildi. Eng qimmat transfer "Frayburg"dan 60 million yevroga olingan Yoan Manzambi bo‘ldi.

12 avgust kuni "Aston Villa" Yevropa Superkubogida "PSJ"ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi. Jamoaning joriy mavsumdagi yagona g‘alabasi Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 1-turida "Bryugge" ustidan 3:2 hisobida qayd etilgan.

19 sentyabr kuni "Aston Villa" APL 5-turida safarda "Tottenxem"ga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 23:36, 12.09.2026.
O'qildi: 1144 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик