Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 2-2 Xorazm

De Dzerbi «Tottenxem» muxlislarining hushtakbozligiga munosabat bildirdi

De Dzerbi «Tottenxem» muxlislarining hushtakbozligiga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

«Tottenxem» bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi «Everton»ga qarshi 0:0 hisobida yakunlangan uy uchrashuvidan keyin muxlislarning hushtakbozligiga munosabat bildirdi.

«Muxlislar uchun afsusdaman. Barchamiz ular uchun afsusdamiz. Bugun ular ajoyib edilar, ayniqsa o‘yinning birinchi qismida. Ular jamoa yaxshi o‘ynayotganini, yechim izlayotganini ko‘rsa, doim futbolchilarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Shuning uchun muxlislarning bunday reaksiyasi tabiiy. Biz ularga doim minnatdor bo‘lishimiz kerak», — dedi De Dzerbi Sky Sports efirida.

Italiyalik mutaxassis, shuningdek, jamoasi dastlabki 30 daqiqani yaxshi o‘tkazganini, keyin esa o‘ziga bo‘lgan ishonchni yo‘qotganini ta’kidladi.

«Tottenxem» Premyer-liganing dastlabki 4 turida 2 ochko to‘pladi. Jamoa hali birorta ham gol urmagan.

Kiritildi: 01:52, 13.09.2026.
O'qildi: 1010 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик