Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 1-2 Xorazm

Foden Manchester derbisi tarixida qizil kartochka olgan ikkinchi futbolchi bo‘ldi

Foden Manchester derbisi tarixida qizil kartochka olgan ikkinchi futbolchi bo‘ldi

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" "Manchester Yunayted"ga qarshi derbida Fil Foden maydondan chetlatilganidan so‘ng o‘n kishi bo‘lib qoldi. Shunga qaramay, jamoa raqib bosimiga bardosh berdi va Erling Xolandning o‘yinning 60-daqiqasida urgan goli evaziga g‘alaba qozondi.

Ma’lum bo‘lishicha, Foden 1992 yildan buyon Angliya Premyer-ligasi doirasidagi Manchester derbisida maydondan chetlatilgan atigi ikkinchi futbolchi bo‘ldi.

Bunga qadar bunday holat 2006 yilda qayd etilgan. O‘shanda Bernardo Korradi qizil kartochka olgan edi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng "Manchester Siti" Angliya chempionati turnir jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarildi.

"Manchester Yunayted" esa 13-pog‘onada qoldi.

Kiritildi: 10:01, 14.09.2026.
O'qildi: 763 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик