Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 2-2 Xorazm

«Inter» Dimarko bilan kelisha olmadi — ikki grand vaziyatdan foydalanmoqchi

«Inter» Dimarko bilan kelisha olmadi — ikki grand vaziyatdan foydalanmoqchi

Baho:
+ | -

Milanning «Inter» klubi qanot himoyachisi Federiko Dimarko bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erisha olmadi. Tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgan. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

Yuzaga kelgan vaziyatdan boshqa klublar foydalanishi mumkin. Xususan, Dimarkoning transferiga «Barselona» va «Manchester Yunayted» qiziqish bildirmoqda.

28 yoshli himoyachi 2018 yil yozidan buyon «Inter» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning milanliklar bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil iyun oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan.

Transfermarkt portali mutaxassislari Federiko Dimarkoning bozor qiymatini 50 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 12:22, 14.09.2026.
O'qildi: 1602 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик