Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 2-2 Xorazm

Remiro «Atletiko»ga qarshi o‘yindagi penaltiga e’tiroz bildirdi

Remiro «Atletiko»ga qarshi o‘yindagi penaltiga e’tiroz bildirdi

Baho:
+ | -

«Real Sosyedad» darvozaboni Aleks Remiro La Liganing 5-turida «Atletiko»dan 0:3 hisobida qabul qilingan mag‘lubiyatdan so‘ng fikr bildirdi.

Shuningdek, golkiper 84-daqiqada mezbonlar yarim himoyachisi Job Ochiyengning qo‘liga to‘p tekkani uchun belgilangan penalti qaroriga qo‘shilmasligini aytdi.

«Menimcha, bu penalti emasdi. Ha, to‘p qo‘lga tegdi, ammo bundan oldin rikoshet bo‘lgan edi. Agar bizga bunday epizodlar uchun penalti berilmasligi tushuntirilgan bo‘lsa... O‘yin tezligida hakamning penalti belgilashi tushunarli, ammo keyin... Rostini aytsam, tushunish qiyin. Hakam bizga rikoshet bo‘lganini, lekin qo‘l juda yuqori holatda turganini aytdi», — dedi Remiro.

O‘yin haqida:

«Hisob maydonda ro‘y bergan voqealarni to‘liq aks ettirmaydi. Penaltiga qadar biz juda yaxshi o‘ynadik, hatto uchrashuvni nazorat qildik. Hujumda juda yaxshi futbolchilarimiz bor, mavsum esa endi boshlandi. Agar shu yo‘nalishda davom etsak, vaziyatlar yaratamiz va o‘yinlarda g‘alaba qozonamiz. Jamoa yaxshi o‘ynayapti, 80 daqiqa davomida ajoyib o‘yin ko‘rsatdik. Shu ruhda davom etishimiz kerak».

Asosiy tarkibga qaytishi haqida:

«Men doimo tayyorman. E’tiborimni haqiqatan muhim bo‘lgan narsaga — kundalik mehnat va maydonga chiqishga tayyor turishga qaratganman. Qolgan narsalar meni umuman qiziqtirmaydi», — dedi Remiro DAZN efirida.

Kiritildi: 13:23, 14.09.2026.
O'qildi: 625 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик