Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 2-2 Xorazm

Runi: «Men VARga boshqa toqat qila olmayman»

Runi: «Men VARga boshqa toqat qila olmayman»

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted»ning sobiq hujumchisi Ueyn Runi Angliya Premyer-ligasi 4-turidan o‘rin olgan Manchester derbisidagi VAR ishini keskin tanqid qildi. Uchrashuvda «Manchester Siti» 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

«Men endi VARga toqat qila olmayman, bu dahshat. U o‘yindagi barcha hissiyotni, futbolga xos energiyani yo‘qotyapti.

Bu vaziyatni ko‘rmaslik va Enso Fernandes ofsaydda turganini tan olmaslik... Futbolni istalgan darajada o‘ynagan har qanday inson buni tushunadi va uning ofsaydda ekanini biladi.

Bunday xatoga yo‘l qo‘yish — aqlga sig‘maydi», — dedi Runi.

Eslatib o‘tamiz, Pro Ref hakamlar tashkiloti keyinchalik Erling Xolandning golini hisobga olish qarori xato bo‘lganini ma’lum qildi.

O‘yin vaqtida esa VAR tekshiruvidan so‘ng Xolandning o‘zi to‘g‘ri holatda bo‘lgani aniqlangan va hakamga golni hisobga olish tavsiya etilgan.

Shuningdek, VAR ofsayd holatida turgan Enso Fernandes to‘pga tegmagan va epizodga ta’sir ko‘rsatmagan, degan xulosaga kelgan.

Kiritildi: 16:04, 16.09.2026.
O'qildi: 626 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик