«Manchester Yunayted» mavsumni unchalik yaxshi boshlay olmadi va shu sabab matbuotda klubda murabbiy almashishi mumkinligi haqida gap-so‘zlar paydo bo‘ldi.
«Qizil iblislar» o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini iste’foga chiqarilgan Ruben Amorim o‘rnini egallagan Maykl Karrik qo‘l ostida juda yaxshi o‘tkazgan edi. Biroq yangi mavsumda ishlar u qadar silliq ketmayapti.
Jamoa Premyer-liganing dastlabki to‘rt turida bor-yo‘g‘i 4 ochko to‘pladi. Shuningdek, Angliya Liga kubogida o‘z maydonida «Brayton»ga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etdi.
Topskills Sports UK xabariga ko‘ra, agar «Manchester Yunayted» rahbariyati Karrik bilan xayrlashishga qaror qilsa, Eddi Xau uning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan nomzodlardan biri hisoblanadi.
Hozircha Karrikni iste’foga chiqarish rejalashtirilmagan. Biroq manbaning ta’kidlashicha, yaqin vaqt ichida natijalar yaxshilanmasa, uning klubdagi pozisiyasi xavf ostida qolishi mumkin.
Shuningdek, Eddi Xauning «Manchester Yunayted»da ishlashga qiziqish bildirishi aytilmoqda.













