«Atletiko» darvozaboni Yan Oblak Ispaniya chempionati doirasida «Real»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan Madrid derbisi oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.
«Derbi har doim derbiligicha qoladi. Bunday o‘yinlarda hamma ishtirok etishni istaydi.
Birinchi derbimdan boshlab maydonga doim g‘alaba qilish istagi bilan tushganman. Bunday uchrashuvlarda bor kuchingni maydonda qoldirasan, imkoni boricha yaxshi o‘ynashga va jamoaga yordam berishga harakat qilasan.
Bu safar ham xuddi shunday bo‘ladi», — dedi Oblak matbuot anjumanida.
La Liganing 7-turidan o‘rin olgan «Atletiko» — «Real» uchrashuvi 20 sentyabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi.













