"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Maykl Karrik jamoaning yangi mavsumdagi omadsiz starti sabab unga bosim kuchaygani haqidagi gaplarga keskin munosabat bildirdi.
Karrik avval vaqtinchalik bosh murabbiy sifatida 17 ta o‘yinda 12 ta g‘alaba qozonganidan so‘ng lavozimga doimiy asosda tayinlangan edi. Biroq yangi mavsum "qizil iblislar" uchun qiyin boshlandi — jamoa barcha musobaqalar doirasidagi 6 ta uchrashuvning faqat 2 tasida g‘alaba qozondi.
"Natijalar sabab mening ishim xavf ostida, deb hisoblash kulgili. Ikki yoki uchta o‘yinda kerakli natijani qo‘lga kirita olmadik. Bu men istaganidan ikki-uchta o‘yinga ko‘p, chunki men mag‘lubiyatni haqiqatan ham juda yomon ko‘raman. Ammo bu dunyo qulab tushyapti, degani emas.
Kelajagim, rahbariyat yoki bu lavozimda menga qancha vaqt berilgani haqida o‘ylamayman. "Menda yana qancha vaqt qoldi?" deb o‘ylash mening vaziyatimda mutlaqo mantiqsiz. Bu hatto xayolimga ham kelmaydi", — dedi Karrik matbuot anjumanida.













