Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan 38 yoshli hujumchi Karim Benzema va 35 yoshli yarim himoyachi N'Golo Kante milliy jamoaga qaytishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.
«Men u (Benzema) bilan «Real»da ko‘plab ajoyib yillarni o‘tkazganman. Karimni hurmat qilaman, ammo u endi yoshi katta futbolchi. Kante bilan ham vaziyat shunga o‘xshash. Ularning erishgan barcha natijalari, faoliyatiga qoyil qolaman... ammo hozir menga yoshroq futbolchilar kerak», — deya Zidanning so‘zlarini RMC Sport keltirmoqda.
Benzema Fransiya terma jamoasi safidagi so‘nggi o‘yinini 2022 yilda o‘tkazgan. Kante esa Jahon chempionati-2026 uchun milliy jamoaga chaqirilgan, ammo turnirda biror daqiqa ham maydonga tushmagan.













