Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

“Krishtianu Madridga bemalol qaytishi mumkin” — Mbappe

“Krishtianu Madridga bemalol qaytishi mumkin” — Mbappe

Baho:
+ | -

“Real Madrid” hujumchisi Kilian Mbappe agar imkoniyati bo‘lganida jamoaga qaysi futbolchilarni olib kellishi haqidagi savolga javob berdi. Ispaniyaning AS nashri xabariga ko‘ra, fransiyalik yulduz bu borada asosan “qirollik klubi” afsonalarini tilga olgan.

“Agar ularni qaytarishning iloji bo‘lganida, Krishtianu Ronaldu, Zinedin Zidan yoki braziliyalik Ronaldoni tanlagan bo‘lardim. Krishtianu bemalol qaytishi mumkin. Zidan ham vaqti-vaqti bilan o‘ynab turibdi. Ronalduga kelsak, uning darajasi hech qachon pasaymaydi. Ular ‘Real’ning chinakam timsollaridir. Bu futbolchilar jamoa uchun juda ko‘p narsa bergan va haligacha Madrid muxlislarining cheksiz hurmatiga sazovor bo‘lib kelmoqda”, deydi Mbappe.

Ma’lumot uchun, Mbappe joriy mavsumda barcha turnirlar doirasida 7 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Hujumchining madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portaliga ko‘ra, uning bozordagi qiymati 200 million yevroni tashkil etadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 12:01, 19.09.2026.
O'qildi: 731 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик