Lamin Yamal «Barselona»ning transfer ishlariga bevosita aralashmaydi, ammo u ayrim futbolchilar haqida o‘z fikriga ega bo‘lishi tabiiy.
El Nacional ma’lumotiga ko‘ra, Yamal Jyul Kunde bilan yaxshi munosabatda bo‘lgan. Biroq fransiyalik himoyachi asosiy tarkibdagi mustahkam o‘rnini yo‘qotgan va yaqin kelajakda klubni tark etishi mumkin.
Manbaga ko‘ra, Yamal o‘ng qanot himoyachisi pozisiyasi uchun Pedro Porroni jamoaga olib kelish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Buning sababi sof futboliy omillarga bog‘liq. Lamin Porro uning harakatlarini juda yaxshi tushunishini hisoblaydi, chunki ular Ispaniya terma jamoasida bir qanotda muvaffaqiyatli harakat qilib kelmoqda.
«Lamin transfer bo‘yicha qaror qabul qilmaydi, ammo u o‘z futboliy tanlovini allaqachon aniq bildirgan. Agar klub Kunde bilan qolish yoki uni sotib, Porroni olib kelish o‘rtasida tanlov qilishiga to‘g‘ri kelsa, Yamal qaysi variant uning o‘yiniga ko‘proq mos kelishini biladi», — deyiladi manba xabarida.
Shuningdek, «Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik ham 27 yoshli Pedro Porroni jamoaga olib kelish g‘oyasiga ijobiy munosabatda ekani ta’kidlanmoqda.
«Tottenxem» futbolchisi Porroning transfer qiymati 80 million yevroga yaqinlashishi mumkin. Bu katta mablag‘, ammo «Barselona»da Jyul Kundening sotilishi ushbu transferni moliyalashtirishga yordam berishi mumkin, deb hisoblashmoqda.













