Kirish Ro'yxatdan o'tish

Tuxel Maguayrning tanqidiga javob qaytardi

Tuxel Maguayrning tanqidiga javob qaytardi

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel «Manchester Yunayted» himoyachisi Xarri Maguayr va uning onasi tomonidan bildirilgan fikrlarga munosabat bildirdi.

Maguayr 2026 yilgi jahon chempionati uchun Angliya terma jamoasi qaydnomasiga kiritilmaganidan so‘ng murabbiylar shtabi qarorini omma oldida sharhlagan edi. Uning onasi esa Tuxelni tanqid qilgan.

«Men bu voqeani unga umrimning oxirigacha eslatib yurish niyatida emasman. Gina saqlaydigan inson emasman va bunday narsalarni tez unutaman.

Lekin bu safar menga bunday munosabat yoqmadi. Bu aniq va bu holat unga hech qanday foyda keltirmaydi», — deya Tuxelning so‘zlarini Daily Mail keltirdi.

Angliya terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatida yarim finalga qadar yetib bordi. Ushbu bosqichda inglizlar Argentinaga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.

Kiritildi: 16:35, 19.09.2026.
O'qildi: 791 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик