Kirish Ro'yxatdan o'tish

«U yana bir pog‘ona yuqoriga ko‘tarildi» — Keyn Olisening o‘sishi haqida

«U yana bir pog‘ona yuqoriga ko‘tarildi» — Keyn Olisening o‘sishi haqida

Baho:
+ | -

«Bavariya» hujumchisi Xarri Keyn jamoadoshi Maykl Olisening o‘yin darajasiga yuqori baho berdi.

«U mavsumni ajoyib boshladi. Menimcha, u o‘tgan yilning o‘zidayoq juda kuchli edi. Maykl Jahon chempionatini ham yuqori saviyada o‘tkazdi va undan keyin ham yaxshi o‘ynashda davom etdi.

Uning yoshi va mentalitetini hisobga olsak, yanada rivojlanishiga ishonaman. Atrofidagi futbolchilar uni ruhlantirmoqda, albatta, murabbiy ham. U o‘sish va yanada takomillashish uchun juda yaxshi muhitda. Mavsum boshidan beri Maykl o‘z darajasini yana sezilarli oshirdi.

U bizga kerak, chunki jamoamiz uchun juda muhim futbolchi. Xet-trik qayd etganidan keyin Mayklning tabassum qilganini ko‘rish yoqimli bo‘ldi. Menimcha, u bu natijasidan faxrlandi va bunga haqli edi.

Maykl bilan yonma-yon o‘ynash menga juda yoqadi. Shuningdek, uni inson sifatida ham juda qadrlayman. Maydon tashqarisida ham munosabatlarimiz juda yaxshi», — deya Keyn so‘zlarini Bild keltirmoqda.

Kiritildi: 13:16, 20.09.2026.
O'qildi: 619 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик