«Manchester Siti» va «Liverpul» «Real Sosyedad»ning qanot himoyachisi Xon Aramburuga qiziqish bildirmoqda. TEAMtalk xabariga ko‘ra, har ikki klub 24 yoshli futbolchi haqida ma’lumot to‘plagan.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, Aramburuning shartnomasida taxminan 50 million funt sterling, ya’ni 58,5 million yevro miqdorida tovon puli belgilangan.
O‘tgan yozda venesuelalik futbolchiga «Tottenxem», «Nyukasl» va «Everton» ham qiziqish bildirgan edi.
Joriy mavsumda Aramburu La Ligada 6 ta uchrashuvda maydonga tushdi, ammo hali gol yoki golli uzatma qayd etgani yo‘q.
Futbolchining «Real Sosyedad» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 15 million yevroga baholamoqda.













