«Barselona» markaziy yarim himoyachisi Mark Bernal klub bilan 2031 yil iyun oyiga qadar mo‘ljallangan yangi shartnoma imzolashga rozilik berdi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar qildi.
Futbolchining amaldagi shartnomasi 2029 yil 30 iyunga qadar kuchda.
Yangi kelishuv Bernalning agentlari va «Barselona» sport direktori Deku o‘rtasida kelishib olingan. Hujjatlar kelasi hafta imzolanishi kutilmoqda. Shuningdek, 19 yoshli ispaniyalik futbolchining maoshi oshiriladi.
Bernal «Barselona» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2014 yildan buyon klub tizimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Joriy mavsumda yarim himoyachi 8 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.













