Kirish Ro'yxatdan o'tish

Keynning kamtarligi e’tirof etildi

Keynning kamtarligi e’tirof etildi

Baho:
+1 | -

«Bavariya»ning sobiq himoyachisi Biksant Lizarazyu Xarri Keynni jamoaviy yutuqlarni shaxsiy natijalardan ustun qo‘yayotgani uchun maqtadi.

Avvalroq «Bavariya» va Angliya terma jamoasi hujumchisi shunday degandi: «Meni jamoani hamma narsadan ustun qo‘yadigan futbolchi sifatida eslashlarini xohlayman. Futbolchi klub yoki terma jamoadan ustun bo‘lishi mumkin emas. Men har doim o‘zimni ko‘z-ko‘z qilmasdan mehnat qilganman».

«Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogarlar haqida gapirar ekan, Keyn Kilian Mbappe, Usman Dembele, Lamin Yamal, Rodri va Maykl Oliseni tilga olgan.

«Bu namunaviy intervyu. Uni boshqa futbolchilarga ham ko‘rsatish kerak. U jamoaviy manfaatni ustun qo‘yadigan qarashlarga ega. Bu sportda sheriklaringizsiz hech narsa emassiz. U uchun jamoa hamma narsadan ustun.

U g‘alaba qozonishiga ishonadi va buning uchun asoslari bor. Biroq u boshqa futbolchilar va ularning xizmatlarini ham e’tirof etdi. Boshqalardan bunday gaplarni har doim ham eshitavermaganman», — dedi Lizarazyu Telefoot nashriga bergan intervyusida.

Kiritildi: 22:54, 20.09.2026.
O'qildi: 922 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик