«Real» va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe avvalroq «Oltin to‘p» haqida bir necha bor fikr bildirgan edi. Yulduz futbolchi ushbu sovrinni yana «Real»ga qaytarishni istashini aytgandi. Endi Mbappe bu mavzuga yana bir bor munosabat bildirdi.
«Odamlar men bu mavzu haqida gapirganimda norozi bo‘lishdi. Men bunga rozi bo‘ldim, endi kutib turamiz», dedi Mbappe.
2026 yilgi «Oltin to‘p» Londonda topshiriladi. Taqdirlash marosimi 26 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Kilian Mbappe yuqori sermahsullik ko‘rsatkichlari tufayli sovrin uchun asosiy da’vogarlar qatorida tilga olinmoqda. Shu bilan birga, fransuz hujumchisi joriy yilda «Real» va Fransiya terma jamoasi bilan birorta ham sovrin qo‘lga kiritmagan.













