Sobiq hakam Pablo Gonsales Fuertes «Real»ning «Atletiko»ga qarshi uchrashuvidan (1:2) keyin Joze Mourinyoning hakamlar brigadasi haqida bildirgan fikrlariga munosabat bildirdi.
«Real» bosh murabbiyi Mourinyo Migel Anxel Ortis Arias boshchiligidagi hakamlar brigadasi ishini tanqid qilgandi: «Hakam 41 yoshda, derbida ishlash uchun unga tajriba yetishmadi. U kuchsiz hakam, faqat kichik o‘yinlarda ishlagan. Hakamlar qo‘mitasini tabriklayman».
«Har qanday murabbiy yoki futbol uchrashuvi ishtirokchisining o‘z fikri bo‘ladi va boshqa har qanday fikr kabi uni ham hurmat qilish kerak. Ammo, menimcha, bunday kamsituvchi ohangdagi so‘zlarni ishlatish shart emas.
Bu masalaga Hakamlar texnik qo‘mitasi javob berishi kerak, chunki tanqid bevosita qo‘mitaga qaratilgan. Menimcha, ular munosabat bildirishi lozim, ammo bunday qilmaydi», — dedi Fuertes.













