«Manchester Yunayted» va Angliya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulz sobiq jamoasining joriy mavsumdagi ishtiroki haqida o‘z fikrini bildirdi. APLning beshta turidan so‘ng «MYU» hisobida bor-yo‘g‘i bitta g‘alaba mavjud bo‘lib, 5 ochko to‘plagan mankunianliklar jadvalda 12-o‘rinni egallab turibdi. Bundan tashqari, Maykl Kerrik jamoasi Angliya liga kubogining 1/16 finalida «Brayton»ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib, turnirni tark etdi. Skoulz «MYU» rahbariyatini ambisiyalar yo‘qligida aybladi.
«Buni aytish qayg‘uli, ammo hozirda «Manchester Yunayted» — tarkibni kuchaytirish orqali ligada g‘alaba qozonishga harakat qilmaydigan klubga aylangan. Santos, Baleba — ular jismoniy jihatdan kuchliroq bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘yinchilarni sotib olishdi. Santos «Chelsi»da 11 ta o‘yin o‘tkazgan, u uchun 50 million funt to‘lashdi. Ammo u asosiy tarkibga kira olmayapti… Menimcha, ular idealdan juda uzoqda», — dedi Skoulz.
Omadsizliklarga qaramay, klub rahbariyati bosh murabbiy Maykl Kerrikka ishonch bildirishda davom etmoqda. APLning navbatdagi turida «Manchester Yunayted» o‘z maydonida «Tottenxem»ga qarshi o‘ynaydi.













