Fransiya terma jamoasi futbolchilari xalqaro tanaffus oldidan jamoa bazasiga yetib keldi va an’anaga ko‘ra jurnalistlar kameralariga tushdi.
Fransuzlarni Millatlar ligasida to‘rtta uchrashuv kutib turibdi. Jamoa 25 sentyabr kuni Turkiya, 28 sentyabrda Belgiya, 2 oktyabrda Italiya va 5 oktyabr kuni yana Belgiyaga qarshi maydonga tushadi.
Avvalroq OAVda Fransiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Zinedin Zidan jurnalistlarga futbolchilarning bazaga kelishi jarayonini yoritishni taqiqlagani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Xabarlarga ko‘ra, Zidan shu yo‘l orqali jamoaning o‘yinlar oldidan diqqatini yanada oshirish va intizomni mustahkamlashni maqsad qilgan.













