«Manchester Siti» vingeri Antuan Semenyo vaziyat taqozo etsa, norvegiyalik markaziy hujumchi Erling Xolandning o‘rnida hujum chizig‘ida o‘ynashga tayyorligini bildirdi.
«Xoland uchun o‘rinbosar kerakligi haqidagi gaplarni eshitdim. Bu mish-mishlar qayerdan chiqqanini bilmayman. Ammo agar haqiqatan ham zarurat tug‘ilsa, men u pozisiyada o‘ynashga tayyorman. Bu men uchun umuman muammo emas», — deya futbolchining so‘zlarini Mirror keltirdi.
Joriy mavsumda 26 yoshli ganalik vinger Angliya Premyer-ligasida 5 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Premyer-liganing dastlabki 5 turidan keyin «Manchester Siti» 15 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.













