Kirish Ro'yxatdan o'tish

Yovetich: «Meni «Real» taklif qilgandi, ammo rad etganman»

Yovetich: «Meni «Real» taklif qilgandi, ammo rad etganman»

Baho:
+ | -

Chernogoriyalik hujumchi Stevan Yovetich o‘tgan o‘n yillikning boshlarida uni Madridning «Real» klubi o‘z safiga taklif qilgani, ammo o‘shanda ushbu klubga rad javobini bergani va hozirda bundan afsusda ekani haqida gapirib berdi.

«Ehtimol, qayta qabul qilmagan bo‘lar edim degan bitta qarorim bor. «Fiorentina»dagi ikkinchi mavsumimni o‘tkazayotganimda menga Madridning «Real» klubi qiziqish bildirgan edi, ammo o‘shanda bunday o‘tishga tayyor ekanligimni his qilmaganman. Men muntazam o‘ynayotgandim, baxtli edim, ishlarim yaxshi ketayotgandi va «Bu yerda yana bir-ikki yil qolaman, keyin ketaman» deb o‘ylagandim. Yakunda u yerga baribir o‘ta olmadim, garchi keyinchalik «Manchester Siti», «Inter», «Sevilya» va boshqa ko‘plab klublarda o‘ynagan bo‘lsam-da», — dedi futbolchi derbyderbyderby.it nashriga.

Hozirda futbolchi erkin agent maqomida bo‘lib turibdi, ammo faoliyatini yakunlagani yo‘q.

Kiritildi: 06:38, 24.09.2026.
O'qildi: 706 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик