"Real" va Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Din Xyoysen Millatlar ligasida Angliyaga qarshi bo‘lajak safar uchrashuvi haqida fikr bildirdi.
"Uembli" — tarixiy stadion. Har bir futbolchi faoliyati davomida o‘ynashni orzu qiladigan stadionlar bor va "Uembli" shulardan biri. Biz u yerga g‘alaba qozonish uchun borishimiz kerak", — dedi Xyoysen.
UEFA Millatlar ligasi guruh bosqichining birinchi turidan o‘rin olgan Angliya — Ispaniya uchrashuvi 26 sentyabr, shanba kuni bo‘lib o‘tadi.
Bahs Toshkent vaqti bilan 23:45 da boshlanadi.













