Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Endrik «Arsenal»da Dyokeresh o‘rnini bosishi mumkin

Endrik «Arsenal»da Dyokeresh o‘rnini bosishi mumkin

Baho:
+ | -

«Real»ning braziliyalik hujumchisi Endrik hamon «Arsenal» qiziqish doirasida turibdi.

Jurnalist Ekrem Konur ma’lumotiga ko‘ra, London klubi 20 yoshli futbolchining «Real»dagi vaziyatini diqqat bilan kuzatmoqda.

Endrik Madrid klubida yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgani sababli jamoani tark etishi mumkin.

Agar «Arsenal» hujumchisi Viktor Dyokeresh klubdan ketsa, Endrik «kanonirlar»ning asosiy transfer maqsadlaridan biriga aylanishi aytilmoqda.

Braziliyalik futbolchining transfer qiymati 40 million yevro atrofida baholanmoqda. Uning «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 13:09, 25.09.2026.
O'qildi: 547 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик