Fransiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Zinedin Zidan Klerfontendagi jamoa bazasida bir qator yangi qoidalarni joriy qildi.
L’Équipe ma’lumotiga ko‘ra, mutaxassis futbolchilarning shaxsiy sartaroshlarini terma jamoa qarorgohiga kiritishni taqiqlagan.
Umuman olganda, yig‘in boshlanganidan keyin jamoa bazasiga begona shaxslarning kirishi cheklanadi.
Zidan futbolchilarning butun e’tibori mashg‘ulotlar va oldiga qo‘yilgan vazifalarga qaratilgan bo‘lishini istamoqda. U avvalroq ham jamoasini har bir uchrashuvga to‘liq «tayyor» holda ko‘rishni xohlashini ta’kidlagan edi.
Fransiya terma jamoasi bugun Millatlar ligasining 1-turida Turkiyaga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:45 da boshlanadi.













