Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

APLning 6 ta top-klubiga Olmo transferi taklif qilindi

APLning 6 ta top-klubiga Olmo transferi taklif qilindi

Baho:
+ | -

«Barselona» hujumkor yarim himoyachisi Dani Olmo faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin.

TEAMtalk ma’lumotiga ko‘ra, vositachilar 28 yoshli futbolchining xizmatlarini APLning bir qator yetakchi klublariga taklif qilgan.

Ular orasida «Arsenal», «Chelsi», «Liverpul», «Manchester Siti», «Manchester Yunayted» va «Tottenxem» bor.

Manba ta’kidlashicha, Olmo bo‘yicha transfer yanvar oyida amalga oshishi mumkin. Biroq hozircha «Barselona»ga hech bir klubdan rasmiy taklif kelib tushmagan.

Joriy mavsumda Dani Olmo barcha musobaqalarni hisobga olganda 8 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Transfermarkt portali ispaniyalik futbolchining bozor qiymatini 60 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 16:26, 25.09.2026.
O'qildi: 1091 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик