Kirish Ro'yxatdan o'tish

Tuxel Palmerdan norozi: «U juda ko‘p imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermoqda»

Tuxel Palmerdan norozi: «U juda ko‘p imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermoqda»

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel jarohatlar sabab milliy jamoa yig‘inlarini tez-tez o‘tkazib yuborayotgan Koul Palmerdan norozi ekanini bildirdi.

«U hozir noqulaylik va og‘riq bilan o‘ynayapti, shuning uchun o‘zining eng yuqori darajasini ko‘rsata olmayapti. «Chelsi» bizga shu haqda ma’lum qildi.

Bu shunchaki «xalqaro tanaffus» emas. Bu raqobat muhiti. Futbolchilar bu yerda mashg‘ulot o‘tkazishni va birga bo‘lishni xohlaydi. Biz aynan shunday muhit yaratdik va bu masalada hech qachon murosa qilmaymiz.

Futbolchilar Angliya terma jamoasiga kelishni istamaydi, degan taassurot paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaymiz. Biz haqiqatan ham Angliya uchun o‘ynashni xohlaydigan futbolchilarga tayanamiz», — dedi Tuxel.

Palmer uchun bu navbatdagi qo‘ldan boy berilgan imkoniyatmi, degan savolga murabbiy shunday javob berdi:

«Albatta. U juda ko‘p imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermoqda. Jarohatlar sabab juda ko‘p yig‘inlarda qatnashmayapti.

Men o‘z jamoamda shaxsan ko‘rgan va kuzatgan narsalarimga tayanib qaror qabul qilmoqchiman. Buning uchun esa futbolchi terma jamoa qarorgohida bo‘lishi kerak», — dedi Tuxel.

Kiritildi: 18:36, 25.09.2026.
O'qildi: 810 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик