«Bavariya» kelasi mavsum uchun ikkinchi darvozabon pozisiyasiga Bundesliganing ikki vakilini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Bild xabar bermoqda.
Yonas Urbig Manuel Noyerning izdoshi sifatida ko‘rilmoqda. Noyer va Sven Ulrayxning shartnomalari 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan bo‘lib, klub allaqachon yangi ikkinchi darvozabon variantlarini o‘rganmoqda.
28 yoshli Finn Damen juda jozibador variant sifatida baholanmoqda. Uning hisobida Bundesligada 101 ta o‘yin bor, «Augsburg» bilan amaldagi shartnomasi esa 2027 yilgacha mo‘ljallangan. 2025 yilning sentyabridan beri u muntazam ravishda Germaniya terma jamoasiga chaqirilmoqda, ammo milliy jamoada hali debyut qilgani yo‘q.
Shu bilan birga, «Bavariya» va Damen o‘rtasida muzokaralar hali bo‘lib o‘tmagan — klub shunchaki darvozabon nomzodini muhokama qilgan, xolos.
Myunxenliklar uchun yana bir variant sifatida «Kyoln»ning 31 yoshli darvozaboni Marvin Shvebe ko‘rsatilmoqda. Uning shartnomasi ham 2027 yilning yozida nihoyasiga etadi.













