«Komo» markaziy himoyachisi Xakobo Ramon tez orada Madridning «Real» klubiga qaytishi mumkin.
21 yoshli futbolchi Sesk Fabregas jamoasining asosiy tarkibidan mustahkam o‘rin oldi, ammo Italiyada uzoq qolmasa kerak: jurnalist Matteo Moretto xabariga ko‘ra, «qaymoqranglilar» kelasi yili o‘z tarbiyalanuvchisini ortga qaytarish imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqishmoqda. Futbolchi Madriddan ketayotganda klublar tomonidan kelishib olingan qayta sotib olish opsiyasi evaziga bu transfer «Real»ga bor-jog‘i 8-9 million yevroga tushadi.
Xakobo Ramon 2025 yilning yozida «Komo»ga o‘tgan edi. O‘shandan beri istiqbolli ispan futbolchisi Italiya jamoasi safida 43 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga uchta gol yozib qo‘ydi.













