Kataloniyaning «Barselona» klubi niderlandiyalik yarim himoyachisi Frenki de Yong uddaburon dastxat sotuvchilarga qarshi o‘z urushini e’lon qildi. Yo‘q, futbolchi bundan buyon futbolkalarga qo‘l qo‘yib berishdan bosh tortmayapti - lekin endi u buni faqat dastxat qoldirayotgan insonning ismini yozish bilan birgalikda amalga oshiradi. «Dastxat xohlaysanmi? Ismingni ayt» - taxminan shunday sxema bo‘yicha.
De Yongning rejasiga ko‘ra, bunday holatda imzo egasiga uni sotish juda qiyin bo‘ladi, bu esa Yevropada ommalashib borayotgan shunchaki «chaykovchilik» maqsadida dastxat olish amaliyotini kamaytiradi.
Shu bilan birga, Derbyderbyderby.it nashri Mundo Deportivo'ga tayanib aniqlik kiritishicha, 2019 yilda «Barselona»ga kelganidan beri de Yong har doim eng vijdonli dastxat tarqatuvchilardan biri bo‘lib kelgan. Lekin har narsaning ham chegarasi bor.













