«Barselona» himoyachisi Jerar Martin bu yil «Oltin to‘p»ni kim olishi kerakligi haqida gapirib o‘tdi.
«Juda ko‘p narsalar hisobga olinadi, ammo «Oltin to‘p» eng yaxshi o‘yinchiga berilishi kerak, eng yaxshisi esa – Lamin Yamal. Ammo Kubarsi ham, agar shohsupada bo‘lmasa ham, eng asosiy da’vogarlar qatorida bo‘lishi kerak, chunki u ajoyib mavsum o‘tkazdi.
Ehtimol, markaziy himoyachilar boshqa pozisiyadagi o‘yinchilar kabi mashhur emasdir, lekin uning yoshi uchun bu juda yaxshi mavsum va u eng asosiy da’vogarlar orasidan joy olishga loyiq ishlarni qildi», – dedi Martin TV3ga bergan intervyusida.













