Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya 4-0 Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Borson: «Oxir-oqibat, o‘ylashimcha, «Siti» jazoni qabul qilishiga to‘g‘ri keladi va u shafqatsiz bo‘ladi»

Borson: «Oxir-oqibat, o‘ylashimcha, «Siti» jazoni qabul qilishiga to‘g‘ri keladi va u shafqatsiz bo‘ladi»

Baho:
+ | -

«Manchester Siti»ning sobiq moliyaviy konsultanti Stefan Borson APLning moliyaviy feyr-pley qoidalarini bitta ayblovdan tashqari barcha punktlar bo‘yicha buzganlikda aybdor deb topilgan «Manchester Siti» oliy ligadan chiqarib yuborilishi mumkinligini istisno etmadi.

«Hamma narsaning imkoni bor va endi haqiqiy do‘zax boshlanadi, chunki bu haftalab davom etadi. «Siti»ga biror narsa deyish yoki bu vaziyatning oqibatlarini jilovlab qolish juda qiyin bo‘ladi, vaholanki, biz hali qarorning o‘zini ko‘rganimiz yo‘q. Mustaqil komissiyaning barcha tafsilotlar aks etgan qarorini tez orada ko‘rishimiz deyarli aniq, bu odamlarga aniq shaxslarga va klubga hujum qilish uchun katta arsenal beradi. So‘ng sanksiyalar bo‘yicha yopiq jarayon boshlanadi.

«Man Siti» hamma narsani inkor etdi, ikkala tomonga ham 100 million funtdan ko‘proqqa tushgan jarayonni boshdan kechirdi va klub barcha moddalar bo‘yicha aybdor deb topildi. Ularda juda va juda jiddiy muammolar bor.

Faktlar bo‘yicha apellyasiyaning muvaffaqiyatli bo‘lish ehtimoli juda past. «Siti» deyarli hamma narsada aybdor deb topilgan hozirgi vaziyatda, qarorning o‘zida klubning xulq-atvori, alohida shaxslarning qilmishlari va eshituvning ishonchliligi nuqtai nazaridan keskin tanqidlar bo‘ladi. Bu qaror e’lon qilingach, yashirinadigan joy qolmaydi.

Keyin esa butun ishni to‘liq hajmda — guvohlarning ko‘rgazmalari va barcha hujjatlarni qayta o‘rganishni o‘z ichiga olgan holda qayta ko‘rib chiqish imkoniyatiga ega bo‘lmagan apellyasiya instansiyasida vajlarni taqdim etish kerak bo‘lganda, «Siti»ga faktlar bo‘yicha ushbu xulosalarni rad etish juda qiyin bo‘ladi.

Xolis emaslik yoki qandaydir proseduraviy jihatlar haqidagi barcha vajlar biror natija berishi dargumon. Faktlar bo‘yicha xulosalarni rad etish ehtimoli juda past, degan bo‘lardim. Oxir-oqibat, o‘ylashimcha, «Siti» jazoni qabul qilishiga to‘g‘ri keladi va u shafqatsiz bo‘ladi», — deydi Borsonning so‘zlarini keltirgan Daily Mail.

Kiritildi: 08:16, 26.09.2026.
O'qildi: 715 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик