Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya 4-0 Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Dublin aeroporti «Siti»ning MFP qoidalarini buzgani aybdor deb topilgani haqidagi yangiliklar fonida klub ustidan hazillashdi

Dublin aeroporti «Siti»ning MFP qoidalarini buzgani aybdor deb topilgani haqidagi yangiliklar fonida klub ustidan hazillashdi

Baho:
+ | -

Dublin aeroporti matbuot xizmati X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida «Manchester Siti» Angliya Premyer-ligasining moliyaviy qoidalarini buzishda aybdor deb topilgani haqidagi yangilik munosabati bilan post joylashtirdi. «Shaharliklar» 115 ta punktdan 114 tasi bo‘yicha aybdor deb topilgani xabar qilingandi.

«Irlandiyadagi «Man Siti» muxlislari uchun xushxabar: biz Luton, Birmingem, Bristol, Bredford va Kardiffga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni taklif etamiz», — deyiladi xabarda.

Shu bilan birga, Dublin aeroporti matbuot xizmati 115-raqamli chiqish yo‘lagi (geyt) tasvirlangan fotosuratni e’lon qildi.

«Manchester Siti»ga qo‘yilgan ayblovlar klubning 2009 yildan 2018 yilgacha bo‘lgan faoliyatini qamrab oladi va aniq moliyaviy ma’lumotlarni taqdim etmaslik, to‘lovlar tafsilotlarini yashirish, shuningdek, UEFAning moliyaviy feyr-pley qoidalari hamda APLning foydalilik va barqarorlik qoidalarini buzishni o‘z ichiga oladi.

Kiritildi: 08:25, 26.09.2026.
O'qildi: 532 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик