«Barselona» va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Rodri o‘tgan yoz haqida fikr bildirdi.
Iyul oyida 30 yoshli futbolchi milliy terma jamoa tarkibida jahon chempioni bo‘ldi, shuningdek, turnirning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. Tez orada yarim himoyachi uchun transfer kurashi avj oldi: avvaliga unga Madridning «Real» klubi chiqdi, keyin esa bahsga «Barselona» qo‘shildi va yulduzli ispaniyalik yakunda shu klubni tanladi. O‘tish avgust oyining o‘rtalarida amalga oshdi.
«Biz jahon chempionatida g‘alaba qozondik va men top-darajaga qayta olishimni o‘zimga isbotlay oldim, shuning uchun meni eyforiya va baxt tuyg‘usi qamrab oldi. Endi esa yangi bosqichni ko‘tarinki ruh bilan boshladim.
Men haqiqatan ham buyuk klub — «Barselona»ga o‘tdim va bundan minnatdorman. hammasi qanday kechganidan mamnunman. Yoz voqealarga boy bo‘ldi, ammo endi hammasi tinch va men hozir shu yerda ekanimdan hamda o‘z mamlakatim terma jamoasi sharafini himoya qilayotganimdan faxrlanaman», — deydi Rodri.













