"Barselona" himoyachisi Jerar Martin kataloniyaliklar safidagi 100-uchrashuvi arafasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Albatta, "Barselona" safida 100 ta o‘yin o‘tkazish darajasiga yetib kelganim meni hayratlantiradi. Debyut qilgan paytimda 100 ta uchrashuvda maydonga tushishim haqida hatto o‘ylamagan edim. Bu juda uzoqdek tuyulardi.
Shuningdek, chap qanot himoyachisidan markaziy himoyachiga aylanganim ham meni hayron qoldiradi. O‘sha paytda bunday bo‘lishiga ishonmagan bo‘lardim", — dedi Martin.
Jerar Martin "Barselona"ning asosiy jamoasida 2024 yildan buyon to‘p tepmoqda. Shu vaqt ichida u barcha musobaqalarda 99 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Martinning "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil iyuniga qadar mo‘ljallangan.













