Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya 4-0 Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Olmo "Real"ga kinoya qildi: "Barselona" maydonda g‘alaba qozonadi"

Olmo "Real"ga kinoya qildi: "Barselona" maydonda g‘alaba qozonadi"

Baho:
+ | -

"Barselona" yarim himoyachisi Dani Olmo Ispaniya futbolidagi hakamlik bilan bog‘liq mojarolar haqidagi savolga javob berdi.

Matbuotda hali ham Madrid derbisidagi hakamlik muhokama qilinmoqda. Uchrashuvdagi ayrim qarorlar "Real" vakillarining jiddiy noroziligiga sabab bo‘lgan edi.

"O‘ylashimcha, atrofimizda ortiqcha shov-shuv yo‘q, chunki biz g‘alaba qozonyapmiz. Biz uchun eng muhimi ham shu — o‘yinlarda g‘alaba qozonish. Biz maydonda gapiramiz", — dedi Olmo.

"Barselona" joriy mavsumda o‘tkazgan sakkizta uchrashuvining barchasida g‘alaba qozondi. La Ligada Xans-Diter Flik shogirdlari yetti turdan keyin 21 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.

"Atletiko" va "Betis" 16 tadan ochko bilan keyingi o‘rinlarda bormoqda. "Real" esa 15 ochko bilan to‘rtinchi pog‘onada joylashgan.

Kiritildi: 10:23, 26.09.2026.
O'qildi: 175 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик